AsosiyJinoyat

Namanganda qalbaki dollar muomalasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

'Namanganda qalbaki dollar muomalasiga chek qo‘yildi'ning rasmi

Namangan viloyatida qalbaki valyuta muomalasiga oid jinoiy sxema fosh etildi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi ishchisi qalbaki 20 ming AQSH dollarini 14 ming haqiqiy dollarga sotishni taklif qilgan. U DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 8 ming qalbaki dollarni xaridorga topshirayotgan paytda qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida u mazkur soxta valyutani 1985 yilda tug‘ilgan Kosonsoy tumanida yashovchi shaxsdan olgani ma’lum bo‘ldi. Uning huzuridan yana 6 ming qalbaki dollar aniqlanib, rasmiylashtirib olindi. Tergov yana bir manbani fosh etdi: ushbu valyuta o‘z navbatida 1992 yilda tug‘ilgan yana bir fuqarodan kelgani aniqlangan.

Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi asosida ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YTH ortidan bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan sudya qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 30.06.2025 18:35

    YTH ortidan bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan sudya qamaldi

    Denov tuman sudining sobiq raisi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzib, bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgani uchun aybli deb topildi.

    '18 yoshli qizni chetga fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 30.06.2025 17:02

    18 yoshli qizni chetga fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlandi

    53 ayol moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni mo‘may daromad topishga ishontirib, shahvoniy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.

    '“Imtiyozli kredit” niqobi ortidagi firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 26.06.2025 08:59

    “Imtiyozli kredit” niqobi ortidagi firibgarlik fosh etildi

    Firibgar fuqarodan 1000 dollar olayotganda ushlandi.

    'Xorazmda tergovchi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 25.06.2025 11:24

    Xorazmda tergovchi pora bilan qo‘lga tushdi

    U lavozimidan foydalanib, 3000 AQSH dollari talab qilgan.

    'Qo‘shni davlatlardan olib kelingan  8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat 24.06.2025 20:42

    Qo‘shni davlatlardan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

    Davlat xavfsizlik xizmatining boshqarmalari va ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

    'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 23.06.2025 09:43

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Mansabdor shaxs xizmat lavozimidan foydalanib, fuqarodan 1200 AQSH dollari talab qilgan.