AsosiyJamiyat

Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews vakolatxonasining ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi.

'Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi'ning rasmi

Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahrida o‘zining yangi vakolatxonasini ochdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar berdi.

"Bu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va ishonchli mamlakat sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi", — deb yozdi Ahror Burhonov o‘z telegram-kanalida.

    Boshqa yangiliklar