AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Yetakchilar telefon orqali muloqot qilishdi.

'Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmanistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va izchil rivojlantirish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.

Keyingi yillarda, eng avvalo, mamlakatlarimiz yetakchilarining muntazam uchrashuvlari tufayli ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Idoralar o‘rtasida yaqin va sermahsul aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda. Muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, jumladan, "Shovot - Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi qurilishi yakunlanmoqda. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar amalga oshirilmoqda. Qo‘shma Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari, Hududlararo forumni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 22:17

    O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

    "O‘zgidromet" tezkor gidrometeorologik axborotni e’lon qildi.

    'Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 21:32

    Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

    Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews vakolatxonasining ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi.

    '843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 20:19

    843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi

    Bir guruh shaxslar 25 ta firma (MCHJ) tashkil etib, avtomashina yetkazib berish va’dasi bilan fuqarolar bilan shartnoma tuzishgan. Ulardan 50,1 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lib, shartlar bajarilmagan.

    'Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 18:50

    Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi

    Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti'ga borib to‘qnashgan.

    'Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 18:25

    Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi

    Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 16:08

    Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.