Yevropa Ittifoqi sammiti Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini tasdiqlay olmadi. Bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta sammitdan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Slovakiya navbatdagi sanksiyalar paketini tasdiqlashni to‘sib qo‘ygan. Shu sabab YEI a’zolari bu masalani yana muhokama qilishlariga to‘g‘ri keladi.
“Sanksiyalarning 18-paketi ustida ishlash hali davom etadi”, deydi Koshta.
Shuningdek, Slovakiyadan tashqari Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ham cheklovlarning hozir joriy etilishiga qarshi chiqqan.
“Sanksiyalar Yevropaning o‘zida kommunal to‘lovlarning oshishiga olib keladi” deydi Siyyarto.
Ma’lum qilinishicha, 18-sanksiya paketidan Rossiya nefti narxini 60 dollardan 45 dollarga tushirish, “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlari hamda taqiqlarni chetlab o‘tuvchi banklar bilan operatsiyalarni bekor qilish kabi taqiqlar o‘rin olgan.