AsosiyJamiyat

Toshkentda yashovchi fuqaro uyidan 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalar chiqdi

Ushbu miqdor 6 ming nafar kishini zaharlashi mumkinligi aytilgan.

'Toshkentda yashovchi fuqaro uyidan 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalar chiqdi'ning rasmi

Poytaxtning Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida 1,5 mlrd so‘mlik 1,2 kgdan ortiq sintetik giyohvand moddalarni saqlagani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu miqdor 6 ming nafar kishini zaharlashi mumkinligi aytilgan.

Qayd qilinishicha, «Qoradori-2025» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Chilonzor tumani IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda fuqaro S. shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning yonidan 5 gr giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar topilgan.

Keyinchalik fuqaroning yashash manzilida o‘tkazilgan tintuv davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, quyidagilar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan:

• oq rangli kukunsimon modda solingan turli zip-paketlar bo‘lgan uchta qora paket;

• ko‘k rangli izolyatsiyaga o‘ralgan kukunsimon modda;

• elektron tarozilar va qadoqlash vositalari.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar