AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi AYOQSHda yaroqsiz neft sotilayotganligi ochiqlandi

Mazkur holat yuzasidan 71,4 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

'Jizzaxdagi AYOQSHda yaroqsiz neft sotilayotganligi ochiqlandi'ning rasmi

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan “L. B.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida ushbu AYOQSHdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQSHga nisbatan 71,4 million so‘m (realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar