AsosiyJinoyat

Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan shaxs qamaldi

U 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

'Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan shaxs qamaldi'ning rasmi

Tojikistondan O‘zbekistonga 16 kilogramm giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 12 noyabr kuni DXX tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Pop tumani hududida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi to‘xtatilgan. Avtoulov xolislar ishtirokida tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan va 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli yuk sumkasida 3 kilogramm 887 gramm “opiy” va 9 kilogramm 839 gramm “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u Tojikiston fuqarosi bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish hamda sotib, mo‘may daromad topishni reja qilgani va ushbu moddalarni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida qabul qilib olgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor tergov tadbirlari davom ettirilib, 2024 yilning avgust-sentyabr oylarida tojikistonlik narkosavdogar tomonidan Bo‘ka tumani hududiga yetkazib berilgan va mazkur shaxs qabul qilib olib, Dang‘ara tumanida joylashgan o‘ziga tegishli yer uchastkasiga yashirib qo‘ygan 1 kilogramm 902 gramm “opiy” va 857 gramm “gashish” moddalari hamda 1 dona “Makarov” pistoleti, 2 dona o‘qdon va 18 dona patron ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasining (kontrabanda) 1- va 2-qismlarida hamda 25, 273-moddasining (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 16.06.2025 08:42

    Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi

    Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi'ning rasmi

    Jinoyat 13.06.2025 19:47

    Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi

    Qonunbuzarlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.

    'Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jinoyat 13.06.2025 12:24

    Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

    'Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.06.2025 09:17

    Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi

    U o‘zi bilan birga yana to‘rt nafar shaxsni tashkilot faoliyatiga jalb qilgan.

    'Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.06.2025 12:14

    Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    U yer ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga fuqarodan 4000 dollar talab qilgan.

    'Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan deportatsiya qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 05.06.2025 19:01

    Xalqaro qidiruvga berilgan ayol BAAdan deportatsiya qilindi

    Amirliklar migratsiya politsiyasi xodimlari kuzatuvida deportatsiya qilingan ayol Toshkent aeroportida O‘zbekiston Interpoliga topshirildi.