“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yo‘nalishlarida qatnovchi reyslar bo‘yicha muhim axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 15 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Dubay va Toshkent – Sharm-el-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi.
HY333/334 reyslari:
Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00
Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30
HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):
Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:20
Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30
HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):
Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:05
Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Yangiliklarimizni diqqat bilan kuzatib boring, deyiladi xabarda.