AsosiyJamiyat

OTMlar qabulidagi "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili qanday ishlaydi?

Qabul tartibi haqidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishing.

'OTMlar qabulidagi "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili qanday ishlaydi?'ning rasmi

Tartibga ko‘ra, 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyungacha (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

1-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:49

    AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda

    AQSH Geologiya xizmati O‘zbekistondagi daryolarning suv rejimini o‘rganish uchun pudratchilarni jalb qilmoqchi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:30

    Toshkentda ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 23:30

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 23:03

    'Prezident mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 19:13

    Prezident mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Ushbu bayram Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar bilan uyg‘un ekani alohida qayd etildi.

    'Xorijga chiqmoqchi bo‘lgan NNT Adliyani ogohlantirishi shartmi?'ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 18:54

    Xorijga chiqmoqchi bo‘lgan NNT Adliyani ogohlantirishi shartmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi rasmiy bayonot berdi.