AsosiyDunyo

Germaniyada ko‘prik ilk bor gidravlik texnologiya yordamida siljitildi

Qizig‘i, bu jarayonda ko‘prikning ikkinchi qismida avtotransport harakati to‘xtamagan — u oldindan yakunlangan edi va harakat davom etgan.

'Germaniyada ko‘prik ilk bor gidravlik texnologiya yordamida siljitildi'ning rasmi

Germaniyada ilk bor yangi texnologiya qo‘llanilib, 40 ming tonna og‘irlikdagi ko‘prik ustunlari gidravlika yordamida joyidan siljitildi. Bu haqda “Tagesschau”xabar berdi.

Maxsus amaliyot Rinsdorf vodiysidagi A45 avtomagistrali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda o‘tkazildi. Injenerlar 70 metrli olti tayanch ustunni ikki santimetrga ko‘tarib, ular ostiga teflon plastinalar joylashtirishdi. Bu plastinalar podshipnik vazifasini bajardi va maxsus moylash vositalari hamda gidravlik presslar orqali butun konstruksiya aniqlik bilan siljitildi.

Qizig‘i, bu jarayonda ko‘prikning ikkinchi qismida avtotransport harakati to‘xtamagan — u oldindan yakunlangan edi va harakat davom etgan.

Ushbu usul Germaniyada birinchi marta qo‘llanildi va muhandislar bu texnologiya orqali kelajakda yana 60 ga yaqin eski ko‘prikni qisqa vaqtda va kamroq xarajat bilan ta’mirlash mumkinligini aytishmoqda.

A45 — Germaniyadagi eng muhim avtomagistrallardan biri bo‘lib, u orqali kuniga taxminan 60 ming avtomashina, jumladan ko‘plab yuk mashinalari harakatlanadi.

    Boshqa yangiliklar