AsosiyJamiyat

Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...

Iyun oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

'Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...'ning rasmi

O‘zbekiston bo‘ylab yoz fasli quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 1–7 iyun kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +35…+38 darajagacha, ayrim hududlarda esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Oy oxirigacha harorat +25…+41 daraja oralig‘ida o‘zgarib turadi, ba’zi kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Mutaxassislar global isish va “El-Nino” hodisasi ta’sirida bu yilgi yoz fasli nisbatan issiq bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Okean yuzasi harorati hanuz yuqori bo‘lib, bu atmosferaga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, jahon prognozlash markazlarining dastlabki baholariga ko‘ra, yozgi harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda. 

Shunga qaramay, mutaxassislar yoz davomida haddan tashqari issiq kunlar bilan birga, nisbatan salqin davrlar ham kuzatilishini ta’kidlamoqda. Bu holat O‘zbekistonning quruq va kontinentallik xususiyatiga mos keladi. Oxirgi 50 yil ichida esa yozgi haroratning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar