AsosiyDunyo

Germaniyada 600 mingdan ortiq kishi surunkali charchoq sindromidan aziyat chekmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu kasallikni 1969-yildan buyon nevrologik kasallik sifatida tasniflab keladi.

'Germaniyada 600 mingdan ortiq kishi surunkali charchoq sindromidan aziyat chekmoqda'ning rasmi

“Tish yuvaman — dam olaman, ovqatlanaman — yana yotaman. Do‘stlar bilan ko‘rishsam, taymer qo‘yaman: 20 daqiqa. Chunki bundan ortig‘iga kuchim yetmaydi”, — deydi “DW” nashri bilan suhbatda bo‘lgan bemor.

Germaniyada 600 mingdan ortiq kishi bugungi kunda surunkali charchoq sindromi(ME/CFS — miialgik ensefalomielit ya’ni surunkali charchoq sindromi) bilan yashamoqda. Bu haqda Nemis ME/CFS jamiyati xabar bermoqda.

Surunkali charchoq sindromi bilan kasallanganlar dam olishdan so‘ng ham o‘zini holdan toygan his qiladi. Bemorlar uyqu buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik va qon aylanishi muammolariga duch keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu kasallikni 1969-yildan buyon nevrologik kasallik sifatida tasniflab keladi.

Pandemiyagacha bu sindrom butun dunyo bo‘yicha 17 million kishida, Germaniyada esa 250 ming nafar odamda kuzatilgan. COVID-19 pandemiyasidan keyin esa bu ko‘rsatkich deyarli ikki baravarga oshdi:

2023-yilga kelib Germaniyada 620 ming bemor qayd etildi. Mutaxassislar bu kasallik ayollarda erkaklarga qaraganda uch baravar ko‘proq uchrashini ta’kidlamoqda.

Kasallik bilan yashayotgan Larisaning aytishicha, u har bir kunini “jang” deb ataydi — va bu janglarda doimiy ravishda mag‘lub bo‘ladi.

“Men hech narsa his qilmayman. Shunchaki yotaman. Boshqa hech narsaga qurbim yetmaydi”, — deydi u.

Bugungi kungacha ME/CFS sindromining sabablari bilan kurashuvchi maxsus davolash usuli mavjud emas. Davolash faqatgina simptomlarni yengillashtirishga qaratilgan: bu og‘riq, uyqusizlik, qon aylanishi buzilishi yoki xavotirli holatlar bo‘lishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:49

    BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi

    Yig‘ilish AQSh tashabbusi bilan 15 yanvar kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

    'Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:25

    Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi

    Eron rasmiylari AQSh tomonidan harbiy hujum amalga oshirilsa, mintaqadagi Amerika harbiy bazalari nishonga olinishi mumkinligini bildirdi.

    'Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 14.01.2026 15:09

    Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi

    Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohlashmoqda.

    'Таиландда йўловчи поезди устига кран қулаб тушди'ning rasmi

    Dunyo 14.01.2026 08:09

    'Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 14.01.2026 04:08

    Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi

    Eron norozilik namoyishlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida katta qurbonlar qayd etilgan.

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.