AsosiyDunyo

"G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi

Isroilning sobiq o‘ta o‘ngchi siyosatchisi Moshe Feyglin G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga chaqirdi.

'"G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi'ning rasmi

Isroilning sobiq o‘ta o‘ngchi siyosatchisi Moshe Feyglin G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga chaqirdi.

"G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman," - dedi u.

U G‘azo ishg‘ol qilinganidan keyin isroilliklar uchun turar joylar yaratishga chaqirdi va "bu yerda birorta ham falastinlik bola qolmasligi kerak"ligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ular G‘azoning mavjudligiga qarshi kurashmoqda."

"Siz hozir (G‘azoda) sut emadigan har bir bola 15 yildan keyin o‘g‘lingizni o‘ldiradi," - deya qo‘shimcha qildi Feyglin ocharchilikka qarshi kurashayotgan G‘azoga insonparvarlik yordami kiritilishiga qarshi chiqib.

Isroil ma’muriyati 18 martdan boshlab ikki oy davomida gumanitar yordam ortilgan birorta yuk mashinasini 2,3 millionga yaqin falastinlik yashayotgan va ochlik bilan kurashayotgan G‘azoga kiritmadi.

Xalqaro bosim natijasida Tel-Aviv ma’muriyati 19 maydan boshlab insonparvarlik yordami ortilgan cheklangan miqdordagi yuk mashinalariga G‘azo chegarasini kesib o‘tishga ruxsat berdi.

Isroil armiyasi insonparvarlik yordami ortilgan 93 ta yuk mashinasi G‘azo chegarasini kesib o‘tganini ma’lum qildi. Biroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti chegarani kesib o‘tgan yordam hali falastinliklarga yetkazilmaganini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:17

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

    Zilzilaning O‘zbekistondagi sezilish darajasi haqda seysmologik ma’lumot berildi.

    'AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:47

    AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?

    Mazkur samolyot eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uchun zaxira boshqaruv punkti sifatida mo‘ljallangan.

    'Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:22

    Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

    Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Germaniya kansleri bilan telefon orqali suhbat qurishga tayyorligini bildirgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:25

    'Eron AQSHga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:45

    Eron AQSHga ogohlantirish berdi

    Xomanaiy Trampning bayonotlariga javob qaytardi.

    'Afrikalik qizlar Rossiyada dron yig‘moqda: “Alabuga Start” ortidagi haqiqat'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:39

    Afrikalik qizlar Rossiyada dron yig‘moqda: “Alabuga Start” ortidagi haqiqat

    Afrikalik qizlar “Alabuga Start” dasturi orqali Rossiyaga ishga borib, og‘ir sharoitda dron yig‘ishga majburlangan.