AsosiyJamiyat

Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

Uning ichidan chiqqan tangalarning o‘zi 3,7 kiloga teng bo‘lib, qiymati 360 ming dollarga yetadi.

'Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi'ning rasmi

Chexiya shimoli-sharqida Krkonoshe tog‘iga o‘rmonni kesib o‘tish orqali bormoqchi bo‘lgan turistlar tosh devor orasidan chiqib turgan alyuminiy qutini topib oldi. CNN’ning yozishicha, uning ichidan 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta portsigar, upadon, taroq va 598 ta tanga chiqqan.

Turistlar topilmani Chexiya Sharqiy muzeyiga topshirgan. Arxeologlar xazinani o‘rganib, u topilgan hududni tadqiq etishga qaror qilgan.
Olimlar hozircha ushbu buyumlarni kim va nima uchun yashirganini aniqlagani yo‘q. Ammo ta’kidlanishicha, xazinaning yoshi 100 dan oshmaydi, chunki tangalardan biriga 1921 yil sanasi tushirilgan.

Arxeologlarning taxminicha, tilla buyumlar Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin tog‘li hududda qoldirib ketilgan bo‘lishi mumkin.

Topilgan buyumlar qiymati hozircha noma’lum. Qutidagi tangalarning og‘irligini o‘zi 3,7 kilogrammni tashkil etadi, ularning qiymati esa 360 ming dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, ular orasida mahalliy pullar yo‘q, hammasi bolqon va fransuzlarniki. Ikkita portsigar qattiq yopilgan, shu bois uning ichida yana nimadir bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Muzeydagilar ushbu xazina juda noodatiy ekaniga e’tibor qaratgan. Olimlar barcha metall buyumlar tarkibini aniqlashi va ularning qiymatini baholashi uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishi zarur.

    Boshqa yangiliklar