AsosiyJamiyat

Prezident Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi

Bu yil mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor bo‘ldi.

'Prezident Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

Budapeshtdagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida "Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun" Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aziz Sanjarni samimiy tabriklab, nufuzli mukofotning ilm-fan arbobiga topshirilishi turkiy dunyo olimlari, jumladan, yoshlarni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirishini alohida ta’kidladi.

Turkiy davlatlar tashkilotining buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi mukofoti davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021 yilda ta’sis etilgan. U turkiy madaniyatni targ‘ib qilish, tinchlikni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va ishonchni mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qo‘shilgan alohida hissa uchun har ikki yilda bir marta topshiriladi.

Mukofot ilk bor 2022 yilda qirg‘iz yozuvchisi va jamoat arbobi marhum Chingiz Aytmatovga berilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:55

    Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi

    Shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida ko‘paytiriladi.

    'Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 20:33

    Surxondaryoda odamlar qovundan zaharlangani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga viloyat hokimligi oydinlik kiritdi.

    'Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 17:48

    Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Shu yilning 6-8 iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida XXI an’anaviy Ipak va ziravorlar festivali bo‘lib o‘tadi.

    'Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 17:44

    Bolalar oromgohlariga borish uchun qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etiladi?

    Canoqli kunlardan keyin bolajonlarning yozgi ta’til mavsumi boshlanadi. Bu davrda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqarishni xush ko‘radi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 16:16

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi'ning rasmi

    Jamiyat 21.05.2025 15:23

    Ishchi guruh o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida olib bordi

    Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 105 ta gaz taqsimlash punktlari, 46 km. quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.