AsosiyJamiyat

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qizcha O‘zbekistonga olib kelindi

Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

'Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qizcha O‘zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayolning murojaati kelib tushgan. Murojaatda voyaga yetmagan, 2023 yilda tug‘ilgan D.R. ismli nevarasining otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli ularning 2 yoshli farzandi Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanini bildirib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘ragan.

Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulligi vakillari bilan hamkorlikda bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Bosh konsullik sa’y-harakatlari bilan bolaning onasi ham farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Chustda qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 21:11

    Jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Chustda qo‘lga tushdi

    Namangan viloyati IIB ma’lumotlarni ochiqladi.

    'Toshkentda kuchli shamol yuzaga keldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 19:23

    Toshkentda kuchli shamol yuzaga keldi

    Poytaxt FVB fuqarolarga bir qator muhim tavsiyalarni berdi.

    'Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 17:04

    Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi

    Mablag‘lar elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

    'Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 16:00

    Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi

    Holat yuzasidan viloyat FVB xabar berdi.

    'Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 12:13

    Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

    3 nafar o‘g‘ri Navoiy KMKning ishchisi bo‘lgan. Ular til biriktirib, tarkibida sof oltin bo‘lgan 2 kg yarim tayyor mahsulotni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.

    'Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 11:15

    Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi

    Xizmat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilganligi sabab Raqobat qo‘mitasi tomonidan to‘plangan ish hujjatlari Bosh prokuraturaga yuborilgan.