AsosiyJamiyat

“Haj – 2025” mavsumi boshlandi

Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga yo‘l oldilar

'“Haj – 2025” mavsumi boshlandi'ning rasmi

2025-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari bugun, 13-may kuni, Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistonining muqaddas zaminiga jo‘nab ketishdi. O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhi shu tariqa muborak haj safarini boshlaganini O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ziyoratchilarni kuzatish marosimi tantanali ruhda o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, taniqli ulamolar, imom-xatiblar, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Muftiy hazratlari hojilar safar oldidan xayrli duo qilib, Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan yurtdoshlarimizning Haj amallarini eson-omon ado etib, sog‘-salomat yurtga qaytishlarini tiladilar.

Mazkur voqea bilan “Haj – 2025” mavsumiga rasmiy tarzda start berildi. Haj safariga otlangan yurtdoshlarimiz qalblarida chuqur hayajon va orzu-umid bilan Saudiya Arabistoniga parvoz qildilar.

    Boshqa yangiliklar