AsosiyJamiyat

Qaysi davlat yoshlari O‘zbekistonda ko‘proq o‘qiydi?

2024-2025 o‘quv yilida mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 12,5 mingdan ortiq xorijiy talabadan yarmi Hindistondan kelgan.

'Qaysi davlat yoshlari O‘zbekistonda ko‘proq o‘qiydi?'ning rasmi

2024-2025 o‘quv yili boshida respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:

Hindiston – 6502 nafar;

Turkmaniston – 1430 nafar;

Pokiston – 1250 nafar;

Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar;

Qozog‘iston – 639 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 369 nafar;

Xitoy – 325 nafar;

Tojikiston – 322 nafar;

Koreya Respublikasi – 197 nafar;

Afg‘oniston – 157 nafar;

Kanada – 126 nafar;

Boshqalar – 431 nafar.

    Boshqa yangiliklar