AsosiyJamiyat

Surxonlaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

Holat yuzasidan Ekologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.

'Surxonlaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun Davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida zarafshon archalari tag qismidan kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kengdala o‘rmon bo‘limining “Shappa“, “Movirli“, “Qora buloq“, “Chorshanbi“ va “O‘rikli“ massivlarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 53 tup turli diametrdagi Zarafshon archalari noqonuniy ravishda kesilgani, 3 tup archaga esa o‘sishdan to‘xtaydigan darajada zarar yetkazilgani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan vakolat doirasida chora ko‘rilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qaroriga (14-ilova) muvofiq, ushbu holat yuzasidan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqildi.

Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobaridan ortiqligi sababli mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida "Damas" piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 21:39

    Toshkent viloyatida "Damas" piyodani urib yubordi

    Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

    'Sirdaryoda erkak yosh bolani kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 20:24

    Sirdaryoda erkak yosh bolani kaltakladi

    Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

    'O‘zbekiston dunyoda go‘shti eng arzon sotiladigan mamlakatlar qatorida — vazirlik'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 18:09

    O‘zbekiston dunyoda go‘shti eng arzon sotiladigan mamlakatlar qatorida — vazirlik

    O‘zbekiston Markaziy Osiyoda go‘sht narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

    'Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 17:19

    Zelenskiy O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

    O‘zbekistonning "qora ro‘yxat"ga tushgan kompaniyalari nomi e’lon qilindi.

    '4 nafar o‘zbekistonlik AQSHga noqonuniy kirishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 15:57

    4 nafar o‘zbekistonlik AQSHga noqonuniy kirishga urindi

    Ulardan uch nafari erkak kishi, bittasi ayol.

    'Toshkentda 9 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi 4 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 10.05.2025 14:13