AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun moliyaviy yordam doirasida Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan 1 milliard yevro mablag‘ni Kiyevga o‘tkazdi. Bu haqda Yevropa komissiyasining iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi, deya ma’lumot tarqatmoqda zamon.uz.

“Bugun biz yetti dastur doirasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan kelgan 45 milliard yevrolik daromaddan yana 1 milliard yevroni Ukrainaga o‘tkazdik,” — deb yozdi u.

Bu yordam paketi Yevroittifoq tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida qo‘llanilayotgan moliyaviy mexanizmlarning bir qismidir. Muzlatilgan aktivlar bo‘yicha daromadlarni Ukraina manfaatlariga yo‘naltirish G‘arb davlatlari orasida tobora kengayib borayotgan amaliyotga aylanmoqda.

Ajratilgan mablag‘lar Ukrainaga energetika infratuzilmasini tiklash, harbiy va gumanitar ehtiyojlarni qoplash, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.

    'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 10:55

    Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

    Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.

    'Rossiyaliklar Berlinning urush tugaganiga 80 yil to‘lishi marosimiga taklif qilinmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 09:00

    Rossiyaliklar Berlinning urush tugaganiga 80 yil to‘lishi marosimiga taklif qilinmadi

    Berlin shahrida Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan katta tadbir o‘tkazilgan.