“O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi Janubiy Farg‘ona kanalida yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida joylashgan kanalda kichik GES qurilishi doirasida vaqtinchalik suv aylanma kanali orqali yo‘naltirilgan suv oqimi natijasida kanalning o‘ng qirg‘og‘ida yer qirilish holati yuz berdi.
Bu loyiha Rossiya Federatsiyasining “MPR” moliya instituti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan JFK-3 kichik GES qurilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning quvvati 6,9 MVtni tashkil qiladi va yiliga 33 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi mo‘ljallangan.
Aylanma kanal 60 m³/s suv o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, amalda 70 m³/s suv oqib o‘tishi natijasida yer qirilish holati kuzatilgan.
Hozirda texnik nosozlikni bartaraf etish ishlari jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Barcha zarur texnika va ishchi kuchi jalb etilgan bo‘lib, 9 may kuni soat 14:00 ga qadar kanalning odatiy ish tartibi to‘liq tiklanishi rejalashtirilgan.
Muhimi, aholiga tegishli uy-joy va tomorqa xo‘jaliklariga yetkazilgan zararlar to‘liq qoplab berilsa, degan rasmiy va’da berildi.