AsosiyJamiyat

Yangi harbiy prokuror tayinlandi

Otabek Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

'Yangi harbiy prokuror tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Akbarovich Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, ilgari harbiy prokuror lavozimini Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev egallagan. Fevral oyida u O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar