AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ochiqlandi

2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning aholi soni 37 million 700 ming nafarga yetdi.

'O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ochiqlandi'ning rasmi

2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning aholi soni 37 million 700 ming nafarga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.

Shu kunga kelib, mamlakatda erkaklar soni 19 million, ayollar soni esa 18,7 million nafarni Toshkent shahri. Ya’ni, mamlakatda erkaklar soni ayollarnikidan 300 ming nafarga ko‘proq.

Urbanizatsiya jarayoni ham ko‘zga tashlanadi. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra:

— Shaharda yashovchi aholi soni — 19,2 mln

— Qishloq aholisi — 18,5 mln

Demak, har ikkinchi o‘zbekistonlikdan biri shahar hayotini tanlagan.

Nikohlar soni ancha yuqori: 2025-yilning birinchi choragida 43,8 mingta yangi oila tuzilgan. Ammo shunga yarasha, 11,5 mingta oilada ajralish qayd etilgan. Statistikadan ko‘rinib turibdiki, har to‘rtinchi nikoh qariyb barbod bo‘layotgani achinarli hol.

Tashqi migratsiyada esa manfiy ko‘rsatkich saqlanib qolmoqda:

— O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar — 300 nafar

— Mamlakatni tark etganlar — 2 400 nafar

    Boshqa yangiliklar