AQSh prezidenti Donald Tramp 8-may sanasini Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb rasman e’lon qildi. Bu haqda uning rasmiy bayonoti Oq uy saytida e’lon qilindi.
Trampning aytishicha, agar Amerika askarlari bo‘lmaganida, urushda g‘alaba qozonishning iloji yo‘q edi va bugungi dunyo butunlay boshqacha bo‘lardi.
“Biz erkinlik, mamlakat va G‘arb sivilizatsiyasi uchun jonini fido qilgan har bir inson xotirasini hurmat bilan yodga olamiz”, — degan Tramp.
Bundan tashqari, u 2-may kuni o‘zining Truth Social sahifasida 11-noyabr va 8-may sanalarini Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridagi G‘alaba kunlari deb e’lon qilishini bildirgan edi.
Unga ko‘ra, AQSh urushdagi g‘alabaga boshqa har qanday davlatdan ko‘ra ko‘proq hissa qo‘shgan.