Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, agar Ukraina 9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradiga hujum uyushtirsa, Rossiya tomoni Kiyevga qarshi «Oreshnik» nomli qurol tizimi yordamida zarba berishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Xabarlarda aytilishicha, Ukraina tomonidan faqat dron hujumlari emas, balki "jiddiyroq provokatsiyalar" ham tayyorlanayotgani haqida iddaolar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligiga javob zarbalari uchun aniq nishonlarni aniqlashni topshirgan. Bosh nishon sifatida Kiyev ko‘rsatilgan.
Moskvaning ehtimoliy javobi “nihoyatda kuchli” bo‘lishi aytilmoqda. «Oreshnik» tizimidan foydalanish ehtimoli ham muhokamada. Shuningdek, rossiya ommmavit axborot vositalari Ukraina 8—10 may kunlariga taklif etilgan uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini rad etishi mumkinligiga ishonmoqda.
Ukraina rasmiylari avvalroq Moskvadagi paradga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilish rejalashtirilmayotganini bildirgan bo‘lsada, Rossiyaning boshqa hududlariga hujum ehtimolini istisno etmagan. Prezident Vladimir Zelenskiy va ofis rahbari Andriy Yermak G‘alaba paradiga zarba berilishi mumkinligi haqidagi taxminlarga bevosita izoh bermagan.