AsosiyJamiyat

Samarqanddagi bog‘chada “zavxoz” hamda tarbiyachi janjallashdi

Holat yuzasidan bog‘cha direktori hamda tarbiyachiga nisbatan qonun doirasida jazo choralari qo‘llanilgan.

'Samarqanddagi bog‘chada “zavxoz” hamda tarbiyachi janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 39-DMTTda xodimlarning o‘zaro tortishuvi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildiridi.

Qayd etilishicha, videodagi holat 2024-yil sentyabr oyida sodir bo‘lgan. Tasvirda xo‘jalik mudiri hamda tarbiyachi o‘rtasida o‘zaro tortishuv kelib chiqqan.

“Voqea oqibatida jarohat olgan va jabrlanganlar bo‘lmagan. Ushbu janjaldan so‘ng 39-DMTT xo‘jalik mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, — deyiladi xabarda

Shuningdek, izohda 39-DMTT direktori hamda tarbiyachiga nisbatan qonun doirasida jazo choralari qo‘llanilgani ham qo‘shimcha qilingan.

    Boshqa yangiliklar