AsosiyDunyo

Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan olti yoshli bola halok bo‘ldi

Ukrainaning Sumi shahri Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchradi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi tan jarohati oldi.

'Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan olti yoshli bola halok bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 6-may kuni Ukrainaning Sumi shahri Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchradi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida 6 yoshli bola, 20 yoshli ayol va 41 yoshli erkak bor. Yana 8 kishi – to‘rt nafar bola va to‘rt nafar kattalar – jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyat harbiy ma’muriyatining qayd etishicha, hujum ballistik raketa yordamida amalga oshirilgan va nishonga fuqarolik infratuzilmasi olingan. Internetda tarqalgan kadrlarda g‘ishtdan qurilgan bino butunlay vayron bo‘lgani ko‘rinadi.

    Boshqa yangiliklar