AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi;

'O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi'ning rasmi

Prezident Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan:

  •  oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  •  magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
  •  oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;
  • muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi;

Shuningdek, har bir ta’lim tashkiloti tarkibida ichki ta’lim sifati auditini amalga oshirishga mas’ul ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    'Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

    Jharkhand shtatining bir necha hududida odamlarga hujum qilgan yovvoyi fil hali ham qidirilmoqda.

    'Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:00

    Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi

    Poytaxtda mast holatda IIVBga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qilgan shaxsga 1,2 million so‘mdan ortiq jarima tayinlandi.

    'Har bir harbiy xizmatchi ortida 38 millionlik xalq turganini his etishi kerak — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:22

    Har bir harbiy xizmatchi ortida 38 millionlik xalq turganini his etishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarga bayram tabrigi yo‘lladi.

    'Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:21

    Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

    Andijon shahrida 23 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishga urinagan, holat huquq-tartibot idoralari tomonidan bartaraf etilgan.

    'Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:08

    Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ

    O‘zbekiston TIV Eron hududida davom etayotgan norozilik namoyishlarida mamlakat fuqarolari jabrlanganligi haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi.