Qayd etilishicha, holat 2025 yilning 28 aprel kuni “Sharjah school” xususiy maktabida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-sinf o‘quvchisi J.G. sochini oldirish haqida maktab ma’muriyati tomonidan bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, maktab ichki tartib-qoidalariga bo‘ysunmagan holda sochlari o‘sgan holda kelishni davom ettirgan. 2025 yil 27 aprel kuni o‘quvchining ota-onasi maktabga chaqirtirilgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Suhbat davomida o‘quvchining ota-onasi tomonidan ertaga farzandi maktabga sochi olingan holda kelishi, aks holda uning sochini olishga og‘zaki rozilik bildirishgan.
Ertasiga, ya’ni, 28 aprel kuni o‘quvchi J.G. maktabga sochining ikki yon tomoni olingani, lekin oldi tomoni olinmagan holda kelganligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, maktab direktori D.M. taekwondo murabbiyi D.A. ga o‘quvchi J.G. ning sochini olish bo‘yicha topshiriq bergan.
Bundan norozi bo‘lgan o‘quvchining ota-onasi joriy yilning 29 aprel kuni maktabga shikoyat qilib kelishgan. Shu kuni maktab direktori D.M., maktab psixologi M.F., taekvondo murabbiyi D.A. lar o‘quvchi J.G. ning uyiga borib, sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘quvchi va uning ota-onasidan uzr so‘ragan. Maktab psixologi tomonidan o‘quvchi J.G. bilan suhbat o‘tkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idorasi xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.