AsosiyJamiyat

Prezidentning Xorazmga tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

'Prezidentning Xorazmga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Prezidenthttps://president.uz/uz/lists/view/8108 Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi.

Majmua Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICAning 9 million dollarlik grant mablag‘lari hisobidan qurilgan. Zamonaviy kasblar uchun zarur jihozlar, simulatsion  uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandchilik, yuk ko‘tarish mashinistligi, elektron va maishiy texnika ta’miri, mebelsozlik, sartaroshlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik o‘rgatiladi.

Buning uchun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot xonalari, 64 o‘rinli yotoqxona va boshqa yordamchi inshootlar qurilgan. Muassasa yiliga 300 nafar tinglovchini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qitish imkoniyatiga ega.

Prezident o‘quv-mashg‘ulot xonalarini kirib ko‘rdi. Mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

- Urganch aeroportini Inchon aeroporti bilan sheriklikda dunyo darajasiga olib chiqamiz. Katta turizm markazlari, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xorijiy turistlar ko‘p kelishi uchun xizmat ham xalqaro darajada bo‘lishi kerak. Ular tariximiz, tabiatimiz uchun keladi, servis yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘lib ketadi. Bunda ko‘p narsa xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi, etikasi, saviyasiga bog‘liq. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalanib, kasbni yaxshi o‘rganing. Kelgusida o‘zingiz ham tadbirkor bo‘lishga harakat qiling, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Markazda Migratsiya agentligi hamda Koreyaning Hyundai va Germaniyaning SBH West bilan hamkorlikda elektromobillarga xizmat ko‘rsatish ixtisosligi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos kadrlar yetishtirish imkonini beradi.

Xalqaro hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil yanvar oyida markazning boshqaruv xodimlari Koreya Respublikasida 2 haftalik o‘quv kurslarini tamomlab qaytgan. Ayni paytda esa ushbu mamlakatda 20 nafardan ziyod o‘qituvchi va murabbiylar malaka oshirmoqda.

Davlatimiz rahbari malakali kasbiy tayyorgarlik sanoatlashtirish, umuman, davlat rivojining asosi ekanini ta’kidladi. Amaliyot uskunalaridan samarali foydalanish, dars smenalarini oqilona tashkil etib, ko‘proq yoshlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimiz Xorazmga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 21:55

    Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlar ayrim mahsulotlarni sotib olganda 1%dagi keshbek o‘rniga, 12% QQS summasini qaytarib oladi.

    'Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 21:37

    Yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi belgilandi

    Nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    'Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 20:55

    Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston TIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

    'Dam olish kunlari havo harorati 40 darajaga yaqinlashadi'ning rasmi

    Jamiyat 02.05.2025 20:19

    Dam olish kunlari havo harorati 40 darajaga yaqinlashadi

    "O‘zgidromet" respublika bo‘ylab 3-5 may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.

    'Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 21:10

    Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi

    Davlat rahbari “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.