AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi

Yuksak mukofotni O‘zbekiston rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

'Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Tashrif doirasida Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz yetakchisi mukofot uchun Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuksak natijalarga erishilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802 yilda ta’sis etilgan. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 04:27

    'Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 01.01.2026 10:00

    Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi

    Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yildan korruptsiyaning oldini olish, ichki nazoratni kuchaytirish va xabar beruvchilarni himoya qilishga qaratilgan qator yangi mexanizmlar ishga tushiriladi.

    'Oʻzbekiston gazo sektoridagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi deb baholadi'ning rasmi

    Siyosat 31.12.2025 16:58

    Oʻzbekiston gazo sektoridagi vaziyatni insonparvarlik fojiasi deb baholadi

    Tashqi ishlar vazirligi mintaqadagi ziddiyatlarni kuzatib borayotganini bildirar ekan, O‘zbekiston insonparvarik yordamini davom ettirish va tinchlikni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.