AsosiyJamiyat

"O‘zsuvta'minot" va "Hududiy elektr tarmoqlari" olgan 10 mlrd.dan ortiq summani iste’molchilarga qaytardi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

'"O‘zsuvta'minot" va "Hududiy elektr tarmoqlari" olgan 10 mlrd.dan ortiq summani iste’molchilarga qaytardi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlarning talablariga rioya etilishini ta’minlash, narxlarning asossiz oshishining oldini olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish borasida bir qator tahlil va nazorat ishlari olib borilmoqda.

 2024 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Raqobat qonunchiligi talablari buzilgan 400dan ortiq holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilgan. 

 Olib borilgan ishlar va Qo‘mita tomonidan berilgan ko‘rsatmalar natijasida 200 mingdan ortiq iste’molchilarga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

Jumladan, "O‘ZSUVTA'MINOT" AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda nazarda tutilgan narx shakllantirish talablari buzilganligi aniqlandi. Buning natijasida "O‘ZSUVTA'MINOT" AJ tomonidan 7 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi ma’lum bo‘lib, tegishli ko‘rsatma berildi va ijrosi ta’minlandi.

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ 

Korxona va uning hududiy filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi natijasida 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi va ijrosi ta’minlandi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu boradagi tegishli nazorat tadbirlari davom ettriilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.

    'Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi

    BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo'lganini tasdiqlagan.