AsosiyJamiyat

Elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”

2024 yilda rejadagi 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

'Elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”'ning rasmi

2024 yilda reja bo‘yicha 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga, amalda 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 110 foizga bajarilishiga erishildi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Shuningdek, 2024 yilda korxonalar tomonidan 11,1 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatilgan.

Yoqilg‘ini iqtisod qilish bo‘yicha esa rejadagi 
700,5 million kubmetr tabiiy gaz o‘rnida, amalda  1 mlrd.  kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi yoki reja ko‘rsatkichi 147,9 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi iqtisodi bo‘yicha rejadagi 117,8 million kVt.soat o‘rniga, amalda  163,5 million kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi yoki reja ko‘rsatkichi 138,8 foizga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 26 ta loyiha asosida qiymati 58,9 milliard so‘m bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 61,3 milliard so‘mga yoki 104,0 foizga bajarilishi ta’minlandi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2024 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiya loyihalari doirasida reja bo‘yicha 616,94 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi lozim edi. Amalda 646,14 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 104,7 foizga bajarilishiga erishildi.

2024 yil may oyida “Toshkent IEMda quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan 2 ta gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Shu bilan birga, 2024 yil 13 dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti so‘nggi nuqtalarida joylashgan 6 mahallalarida kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Olmazor tumanida kogeneratsiya loyihasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVT va Navoiy IES da umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘ gaz qurilmalari bunyod etish ishlari davom ettirilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan muhim vazifalardan biri - bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi, shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yilda mahsulot tannarxi 1,6 trillion so‘mga pasaytirish rejalashtirilgan edi, amalda esa 1,95 trillion so‘mga pasaytirildi, bunda reja 118 foizga bajarildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:10

    Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Fuqarolarni turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olmoqchi bo'lgan.

    'Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:50

    Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi

    Toshkentdagi xususiy klinikada burun operatsiyasi paytida vafot etgan 9 yoshli bola ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

    'Murojaatlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:47

    Murojaatlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqariladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    'Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:20

    Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi

    Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

    'Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha sud boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:24

    Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha sud boshlandi

    Бу ҳақда Олий суд матбуот котиби Азиз Обидов маълум қилди.

    'O‘zbekistonda 37 nafar hokim yordamchisi qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:02

    O‘zbekistonda 37 nafar hokim yordamchisi qamaldi

    2025 yilda respublika bo‘yicha hokim yordamchilariga nisbatan korrupsiyaga oid qator jinoyat ishlari ko‘rildi.