AsosiyJamiyat

Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi

Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.

'Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi'ning rasmi

Malayziyada Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovga mamlakatimiz madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari topshirildi. Bular: Abu Rayhon Beruniyning "At-Tafhim" va Abulqosim Firdavsiyning Temuriylar davrida ko‘chirilgan "Shohnoma" asarlari. Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.  

Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov qadimiy qo‘lyozmalar nusxalarini qabul qilish jarayoni haqida fikr bildirdi:
  
"Bugungi kunda O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan tarixiy merosimizni o‘rganish va insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan sakkiz yil muqaddam davlatimiz rahbari farmonlariga binoan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil qilindi. Markazimizda O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini aks ettirish, yurtimizda va xorijda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy va ma’rifiy yodgorliklarni tadqiq etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish hamda madaniy yodgorliklarni tadqiq qilish borasida faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun qabul qilingan qo‘lyozma nusxalari ham markazimiz ekspozitsiyasini yanada boyitadi".  
Bu qo‘lyozmalar Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy ekspozitsiyasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan O‘zbekistonning madaniy merosiga oid tarixiy qo‘lyozmalar topilgani haqida xabar berilgandi.

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) asarlari va ilmiy kashfiyotlari dunyo ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning 1197 yilda ko‘chirilgan "At-Tafhim" asari jahon ilm-fanida muhim manba sifatida e’tirof etilgan. Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma"si esa XV asrda Temuriylar davri kitobat san’ati an’analari asosida ko‘chirilgan. Asarda Kamoliddin Behzod miniatyura maktabiga xos elementlari aniqlangan.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:10

    Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Fuqarolarni turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olmoqchi bo'lgan.

    'Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:50

    Toshkentda 9 yoshli bola o‘limi ortidan ikki shifokor qamaldi

    Toshkentdagi xususiy klinikada burun operatsiyasi paytida vafot etgan 9 yoshli bola ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

    'Murojaatlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:47

    Murojaatlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqariladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    'Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:20

    Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi

    Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

    'Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha sud boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:24

    Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha sud boshlandi

    Бу ҳақда Олий суд матбуот котиби Азиз Обидов маълум қилди.

    'O‘zbekistonda 37 nafar hokim yordamchisi qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:02

    O‘zbekistonda 37 nafar hokim yordamchisi qamaldi

    2025 yilda respublika bo‘yicha hokim yordamchilariga nisbatan korrupsiyaga oid qator jinoyat ishlari ko‘rildi.