AsosiyMadaniyat

Amir Temur davriga oid Qur’oni Karim qo‘lyozmasi sahifalari dunyoning qator muzey va kutubxonalarida saqlanmoqda

Bu qo‘lyozma tarixdagi eng yirik Qur’on nusxalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

'Amir Temur davriga oid Qur’oni Karim qo‘lyozmasi sahifalari dunyoning qator muzey va kutubxonalarida saqlanmoqda'ning rasmi

Amir Temur hukmronligi davrida xattot Umar Aqto’ tomonidan ko‘chirilgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi o‘ziga xos ulkan hajmi va noyob husnixati bilan ajralib turadi. Ushbu mahobatli asar 1402-1405 yillar oralig‘ida Hirotda yaratilgan bo‘lib, uning sahifalari 1,25 x 2,25 metr hajmga ega. Qo‘lyozma Samarqanddagi Bibixonim masjidida maxsus tosh lavhda saqlangan.  

Bu qo‘lyozma tarixdagi eng yirik Qur’on nusxalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, uning ko‘chirilishida Boysung‘ur Mirzo ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda qo‘lyozmaning sahifalari turli muzey va kutubxonalarda, jumladan, Nyu-Yorkdagi Artur M.Sakler galereyasida, Londonning Britaniya kutubxonasida va Eronda saqlanmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Qur’oni Karimning mazkur ulkan nusxasi nafaqat o‘ziga xoslik, balki islom sivilizatsiyasining madaniy merosi sifatida ham muhim ahamiyatga egadir. Bu Qur’on ko‘chirmasining sahifalari hanuzgacha tarixshunoslar va husnixat tadqiqotchilari diqqat markazida bo‘lib keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 20:33

    Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan

    Geniylikka ta’rif va da Vinchining "geniylik" yo‘li.

    'Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 11:14

    Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashqi qismi dizayni hamda Imom Buxoriy innovatsion muzeyining kontentini yaratish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

    'Grinvich rasadxonasi va Mirzo Ulug‘bekning buyuk ilmiy merosi'ning rasmi

    Madaniyat 17.12.2024 08:50

    Grinvich rasadxonasi va Mirzo Ulug‘bekning buyuk ilmiy merosi

    Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrifi davomida ushbu qo‘lyozma bilan tanishgan.

    'Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya  BBC axborot korporatsiyasida bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 02.12.2024 12:09

    Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya  BBC axborot korporatsiyasida bo‘ldi

    Londonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Londondagi BBC axborot korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

    '9 oyda O‘zbekistondagi muzeylarga 3 mln.dan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 15.11.2024 11:37

    'Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi'ning rasmi

    Madaniyat 11.11.2024 18:17

    Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

    Media mahsulotlarida davlat siyosati, davlat ramzlariga zid, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi holatlar mavjud yoki yo‘qligi o‘rganib boriladi.