AsosiyDunyo

Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqalmoqda

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

'Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqalmoqda'ning rasmi

So‘nggi paytlarda Turkiyada soxta 50 dollarlik kupyuralar, ba’zan esa 100 dollarlik kupyuralar tarqalishi haqida xabarlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilanO‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni quyidagi masalalarda ogoh bo‘lishga chaqirmoqda:

Sotib olishda va qabul qilishda diqqatli bo‘ling!

   - Dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalarida qabul qiling.

   - Tekshiruv uskunalaridan foydalaning, ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda.

   - Qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashdan saqlaning.

Qonunchilik va huquqiy maslahatlar

   - Soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan.

   - Agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling.

Soxta pul tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlarda ehtiyot bo‘ling va shubhali vaziyatlarda doimo tekshiruvga murojaat qiling.

    Boshqa yangiliklar