AsosiyJamiyat

1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

'1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-185-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

 mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;

yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;

tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;

bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;

“Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi.

2025 yil 1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 

“Onalar maskani”da:

onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

 onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.


    Boshqa yangiliklar