AsosiyJamiyat

Zelenskiy Ozarbayjonga tashrif buyurdi

Gabala shahrida u Prezident Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

'Zelenskiy Ozarbayjonga tashrif buyurdi'ning rasmi

2026 yil 25 aprel, shanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonga keldi. Gabala shahrida u Prezident Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Asosiy siyosiy natija sifatida Zelenskiy Ukraina Rossiya va AQSh ishtirokida Ozarbayjonda uch tomonlama muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi. U Boku vositalik rolini yuqori baholab, agar Rossiya urushni tugatishga tayyor bo‘lsa, Kiyev diplomatik muloqotga rozi ekanini aytdi.

Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida 6 ta bitim imzolandi. Ularda asosiy e’tibor mudofaa sanoatiga qaratildi: qurol-yarog‘ haridi bilan birga qo‘shma ishlab chiqarish va hamkorlikda mahsulot yaratish (“ko-prodakshn”) kelishib olindi.

Ilhom Aliyev bu kelishuvlar ikki mamlakat sanoat rivojiga katta imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. Tomonlar suverenitet va hududiy yaxlitlikni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ham tasdiqladi.

    Boshqa yangiliklar