AsosiyJamiyat

Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi

Narkolaboratoriyadan $1 mln sintetik narkotik moddalari topildi.

'Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

Toshkentda narkolaboratoriyadan $1 mln sintetik narkotik moddalari topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi. 

IIV va DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirda gumonlanuvchining bir nechta manzilda sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqargani va saqlagani aniqlangan.

Laboratoriyalardan biri Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan bo‘lsa, Toshkent viloyatidagi xonadonida ham giyohvand moddalar va tegishli jihozlar topilgan.

Tadbir davomida jami 14,8 kg sintetik giyohvand modda, qiymati $1 mln.ga teng bo‘lgan ashyoviy dalillar aniqlanib, rasmiylashtirilgan.


    Boshqa yangiliklar