Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajab O‘nder bilan tanishuv taksida boshlangan va keyinchalik muloqot davomida erkak unga ixtiyoriy ravishda pul yuborgan. Ayol esa bunday yordamni bir necha bor rad etganini, hatto yuborilgan mablag‘larni qaytargan holatlari ham bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, u erkak bilan shaxsiy munosabatlari haqida ham gapirib, dastlab unga ko‘ngil qo‘yganini, biroq keyinchalik uning qo‘pol muomalasi va bolalariga nisbatan haqoratli gaplari sabab aloqani uzganini bildirdi. Ayolning ta’kidlashicha, Rajab O‘nder unga tungi ko‘ngilochar markazlarda ishlashni taklif qilgan, hatto boshqalardan pul olishga undagan. Biroq u bu takliflarni qat’iy rad etganini qayd etdi. Bundan tashqari, ayol erkak tomonidan aytilgan uy xaridi haqidagi ma’lumotlarni ham inkor etib, O‘zbekistonda hech qanday mulkka ega emasligini bildirgan. Uning aytishicha, munosabatlar davomida yuzaga kelgan janjallar hatto uni vaqtincha boshpanasiz qolishiga ham sabab bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan turli iddaolar mavjud bo‘lib, masalaga aniqlik kiritish tegishli tartibda olib borilishi kutilmoqda.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 15:58
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida barpo etilgan Pavilion savdo majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Jamiyat Bugun 13:42
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga tashrif buyurib, hududda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv tizimlari va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Jamiyat Bugun 11:19
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Jamiyat Bugun 11:10
Nazarbekov ochiq muloqot davomida soliq masalasiga ham to‘xtalib, soliq to‘lash har bir fuqaroning majburiyati ekanini eslatdi.

Jamiyat Bugun 08:50
IIV huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yangi ball hisoblash tizimi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Jamiyat Bugun 05:43
Bu bo'yicha fuqarolarning shaxsiy raqamiga qarzdorligi bo'lgan bankdan habarnoma kelgan.
