AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda qor yog‘ib, havo harorati -2 darajagacha tushib ketadi

Kuz fasli uchun ilk nol darajaga yaqin haroratli to‘lqin kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlanituvchi xabar berildi.

'O‘zbekistonda qor yog‘ib, havo harorati -2 darajagacha tushib ketadi'ning rasmi

"O‘zgidromet" bosh direktori o‘zining feysbuk tarmog‘ida oktyabr oyi o‘rtalarida kuz fasli uchun ilk nol darajaga yaqin haroratli to‘lqin kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlanituvchi xabarni ulashdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 14-17 oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.

    Boshqa yangiliklar