AsosiySiyosat

Abdulla Aripov Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda 2023 yildagi o‘zaro savdo yarim milliard dollardan oshgani, qo‘shma korxonalar soni yil boshidan buyon 51 taga ko‘paygani qayd etildi.

'Abdulla Aripov Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Armaniston Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Buning natijasida birgina o‘tgan yilning o‘zida o‘zaro savdo yarim milliard dollardan oshgani, qo‘shma korxonalar soni yil boshidan buyon 51 taga ko‘paygani qayd etildi.

Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlar o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishda energetika, metallurgiya, innovatsiya va texnologiya, transport-tranzit hamda kommunikatsiya sohalari muhim yo‘nalish ekani bildirildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevrosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 03:52

    Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Syurix shahriga etib keldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2026 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

    Prezident ushbu tashrif doirasida Donald Trampning taklifiga binoan Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

    'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat 19.01.2026 15:04

    Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

    Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

    'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 13:05

    Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

    Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.

    'Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 04:28

    Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

    'Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 04:16

    Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.