AsosiySport

"Manchester Yunayted"ga vaqtincha murabbiy tayinlandi

'"Manchester Yunayted"ga vaqtincha murabbiy tayinlandi'ning rasmi

"Manchester Yunayted" rahbariyati 45 yoshli norvegiyalik mutaxassis, klubning sobiq futbolchisi Ole-Gunnar Sulsherni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e`lon qildi.

Klub rasmiy sayti bergan ma`lumotga ko`ra, Ole-Gunnar Sulsher jamoani mavsum oxirigacha boshqarib turadi.

Ma`lumot uchun, Sulsher "Manchester Yunayted" safida 1996 yildan 2007 yilgacha 366 o`yinda maydonga tushib 126 gol urgan.

Shuningdek, u jamoa bilan jami 12 sovrin qo`lga kiritgan, shu jumladan 6 marta Angliya chempioni, bir marta EChL g`olibi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar