Statistika – xolis, ammo aynan u mazkur hujjatda belgilangan choralarni qabul qilish ehtiyojini yaqqol namoyon etadi.
O`zbekistonda yuqumsizkasalliklar hamda ularxavfining omillarini oldiniolish, davolash vanazorat qilish, aholiningbarvaqt o`lim hamdakasallanishini kamaytirish bo`yichaizchil chora-tadbirlaramalga oshirilmoqda. Lekin shubilan birga, aholisalomatligini muhofaza qilishborasida profilaktika chora-tadbirlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi mavjud emasligitibbiy va sanitar-gigienikmadaniyat darajasi pastligichaqolayotgani natijasida asosiye`tibor profilaktikaga emas, kasalliklar bilan kurashishga qaratilmoqda.
Shu sabab, ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish va bu yo`nalishdagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” qarorni imzoladi.
Statistika – xolis, ammo aynan u mazkur hujjatda belgilangan choralarni qabul qilish ehtiyojini yaqqol namoyon etadi. Bir e`tibor qiling-a, O`zbekistonda yillik o`lim holatlarining 78 foizi aynan noinfeksion kasalliklar sababli sodir bo`ladi. Tadqiqotlar yana shundan dalolat beradiki, mamlakat aholisining 3 dan 2 qismi kuniga etarli miqdorda meva va sabzavot iste`mol qilmaydi. Vaholanki, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan me`yorlarga ko`ra, inson kundalik rasionida bunday mahsulotlar 400 grammni tashkil etishi kerak. Shuningdek, yana bir dalil – fuqarolarimizning yarmi ortiqcha vaznga ega va har o`nta yurtdoshimizning ikkitasida semizlik aniqlangan. Aholining 46 foizida qondagi xolesterin darajasi yuqori ekani qayd etilgan. Ularning 3 dan bir qismida esa qon bosimi yuqori.
Mazkur noxush holatlar ko`pincha birlamchi tibbiy muassasalarda yuqumsiz kasalliklarga chalinish xavfi bo`lgan bemorlarni erta aniqlash tizimining rivojlanmagani, sog`lom turmush tarzi etarlicha targ`ib etilmayotgani bilan bog`liq. Shuningdek, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bo`yicha ma`lumotlarning etishmasligi tufayli aholi uchun sog`lom ovqatlanish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish ishlari ham o`lda-jo`lda bo`lmoqda. Shu sabab mutaxassislar noinfeksion kasalliklar haqida ma`lumot yig`ish va qayd qilish uchun yagona elektron tarmoqni joriy etish darkorligini ta`kidlaydi.
Shu bilan bir qatorda tizimning kelgusida rivojlanishida – odamlarning sog`lom harakatini, ularning jismoniy tarbiya va sportga bo`lgan g`ayratini oshirish, rag`batlantirish kabi zaruriyatlar ham bor.
Yuqorida zikr etilgan qarorda belgilangan choralarning hayotga tatbiq etilishi orqali endi ushbu muammolar bartaraf etiladi.
Shunday qilib, Sog`liqni saqlash vazirligi tarkibida mana shunday vazifalarni bajaradigan, ixtisoslashtirilgan muassasa paydo bo`ladi. Aniqrog`i, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika dietologiya o`quv-ilmiy markazi negizida Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tashkil etiladi. Joylarda esa uning hududiy bo`limlari ham tuziladi.
Endilikda butun dunyo zararli odatlarga qarshi faol kurashmoqda va O`zbekiston ham bundan mustasno emas.
Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasiga kelasi yilning 1 dekabriga qadar alkogol ichimliklar idishining yorlig`ida hamda tamaki mahsulotining qutisida tibbiy ogohlantirishlar yozuvlarini joylashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni ko`rish topshirildi. U o`z o`rinda, matnli yozuv va timsollar tarzida bo`ladi.
Qaror orqali endi jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste`moli uchun javobgarlik yanada kuchaytiriladi. Aslida bunday choraga sabab ham borda. Chunki, mamlakatimizdagi erkaklarning 42 foizi tamaki mahsulotlarini iste`mol qiladi.
O`z navbatida, Sog`liqni saqlash vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma bo`yicha klinik protokollari va standartlarini amaliyotga tatbiq etadi, tarkibida yog`lar, tuz va qand miqdori yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish, sotish va iste`molini
cheklash bo`yicha takliflar beradi.
Yana bir muhim jihat. Navbatdagi o`quv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasida yangi “Nutrisiologiya” yo`nalishi o`z faoliyatini boshlaydi. Nutrisiologiya fani ilmiy nazorat, ovqatlanishning turli jihatlari bilan bog`liq masalalarni o`rganadi hamda mahsulot tarkibi, ovqatlanish jarayoni, uning organizmga ta`sirini tahlil etadi.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida yana bir muhim yangilik bor. Ya`ni, davlat organlari va tashkilotlarida ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari, haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarida ishtirok etishini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni” joriy etiladi. Aholining keng qatlamlari orasida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari o`tkaziladi.
– aholining meva va sabzavotlarni iste`mol qilish hajmi 15 foizga oshadi;
– o`z navbatida, osh tuzining iste`moli 15 foizga kamayadi;
– alkogol va tamaki mahsulotlar iste`moli esa 10 foizga pasayadi;
– noinfeksion kasalliklarni davolash, tibbiyot muassasalarini diagnostika uskunalari va dorilar bilan ta`minlash darajasi 50 foizga etadi;
– yuqori xavfli va noinfeksion kasalliklarga chalingan bemorlarning kamida 50 foizi tegishli terapiya va konsultasiyalar bilan ta`minlanadi;
– va nihoyat, aholining yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklardan erta o`limi 10 foizga kamayishiga erishiladi.
Umuman olganda, mutaxassislarning ta`kidlashicha, O`zbekistonda tibbiy yordamni takomillashtirish va xavf omillarini oldindan aniqlash bilan yuqumli bo`lmagan kasalliklardan erta o`limning 31 foizining oldini olish mumkin ekan. Ya`ni, bunga bir tomondan sifatli diagnostika va yuqori darajadagi davolash bilan erishilsa, ikkinchi tomondan jismoniy faollikni har birimiz kunlik odatga aylantirishimiz lozim bo`ladi. Prezident qarorida ko`zlangan asl maqsad ham aslida ushbu ikki omilni targ`ib etishdir. Galdagi vazifa esa islohotlar va xalqaro tajribani hayotimizga tezroq tatbiq etish.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Axborot-tahlil multimedia
markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi






