Ma`lumki, hozirda avtomobillarni etkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi. Ammo xaridorlarning fikrlari o`rganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3 foiz miqdorda avans to`lovi amalga oshirilishi avtomobillarni o`z vaqtida etkazib berishga to`siq bo`layotganligi aniqlandi.
Xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olib, shuningdek «GM Uzbekistan» avtomobillarini "Uzavtosavdo" onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3 foiz miqdorida majburiy oldindan to`lovni amalga oshirish shartlari bekor qilinayotganini ma`lum qildi, kompaniya matbuot xizmati.
Endi "GM Uzbekistan" avtomobillarini "Uzavtosavdo" onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85 foiz yoki 100 foiz miqdoridagi to`lovni amalga oshirganda, navbat esa to`lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi.
Shunday qilib 100 foiz to`lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo`lib avtomobilini oladi.






