Hindistonning Agra shahar hukumati Toj Mahalga kirish chiptalarining narxini oshirdi, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.
Qadimiy obidaga kirish chiptalari 15-19 dollar etib belgilangan. Biroq 15 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun millatidan qat`i nazar kirish bepulligicha qoldi. Hukumat chiptalar narxining oshirilish sababi majmuani saqlab qolish ko`p mablag` talab qilayotgani bilan bog`liq ekanligini ma`lum qildi.






