Ispaniyaning Sevilya shahrida Evropa kinoakademiyasining bosh sovrini o`z egalariga topshirildi, deya xabar qildi Segodnya nashri.
Har yili o`tkaziladigan ushbu marosimda bu yil ham Evropa kinosanoatining eng mashhur vakillari ishtirok etishdi. Polshalik rejissyor Pavel Pavlikovskiyning “Sovuq urush” filmi bosh sovringa loyiq deb topildi. Eng yaxshi aktyor nominasiyasi g`olibi esa Marchello Fonte deya etirof etildi.






