Shveysariyaning Syurix shahrida yirik YTH sodir bo`ldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Dyusseldorf-Genuya yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi tashuvchi avtobus beton devorga borib urildi. Natijada 1 kishi halok bo`lgan, yana 44 nafari tan jarohati olib, ayrimlar shifoxonaga olib ketilgan. Yo`lovchilar orasida Italiya fuqarolari ham borligi xabar qilinmoqda.






