AsosiyDunyo

Bryusselda migrasiya paktiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tmoqda

'Bryusselda migrasiya paktiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tmoqda 'ning rasmi

Belgiyaning Bryussel shahri ko`chalarida BMTning Migrasiya pakti imzolanishiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda TASS nashri.

O`tgan haftada Marokashda BMT tomonidan o`tkazilgan konferensiyada migrasiya bo`yicha global kelishuvga kelishilgan edi. Evropaning bir qator mamlakatlari bu shartnomaga qarshilik ko`rsatgan, biroq Belgiya ushbu hujjatni qo`llab-quvvatlagan. Bu esa belgiyaliklarning noroziligiga sabab bo`lmoqda. Ayni vaqtda 6 mingga yaqin odamlar ko`chalarda turli namoyishlar o`tkazishmoqda. Polisiya esa ularga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar