Hamyurtimiz OFK instruktori Farhod Abdullaev Osiyo Futbol konfederasiyasi tomonidan o`tkaziladigan nufuzli seminarlarga taklif etildi.
Jumladan, kelasi yilning 14-15 fevral kunlari hakamlar nazoratchilari uchun, 16-18 fevral kunlari instruktorlar uchun seminarlar o`tkaziladi. Shuningdek, 20-24 fevral kunlari OFKning yosh hakamlari uchun tashkillashtirilgan o`quv-kurslarining 2-moduli bo`lib o`tadi.
Farhod Abdullaev ushbu seminar va kurslarning barchasida instruktor sifatida faoliyat olib boradi.






